“Qizlarjon” sammiti hududlarda davom etmoqda
Bugungi kunda ro‘y berayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar yoshlar ongiga ta’sir qilmasdan qolmaydi va, o‘z navbatida, bugun maktab partasida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislar ekanligi ayni haqiqatdir.
Xalq ta’limi vazirining “Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ilm-fan — kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammitini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida joriy yilning 23—26-mart kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan sammit hududlarda davom etmoqda...
Poytaxtimizda o‘tkazilgan mazkur sammit o‘quvchi-qizlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, milliy urf-odat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Umumta’lim maktablaridagi “Qizlarjon” klubi faoliyatini takomillashtirish orqali qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsad qilingan sammitda Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Najmiddinova, shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi vakillari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari so‘zga chiqdilar.
Shuningdek, tadbirda Toshkent shahrida yashab ijod qilayotgan, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan insonlar, el ardog‘idagi san’atkorlar ham ishtirok etdi. Trenerlar va psixologlar tomonidan mavzu doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Sammit yakunida ishtirokchi qizlarga sertifikatlar topshirildi.
Asolat AHMADQULOVA tc
"Asolat AHMADQULOVA"