Dunyodagi eng yosh ixtirochi
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
19 / 04 / 2019
Teylor Uilson (1994-yili tug‘ilgan) – yadro sintezi reaksiyasi uchun mo‘ljallangan fuzor qurilmasini yaratgan dunyodagi eng yosh ixtirochi.
7 yoshida yorug‘likni o‘tkazuvchi detektor ixtirosi uchun “Intel” kompaniyasining xalqaro ilmiy-texnika yarmarkasida mukofot bilan taqdirlanadi.
Teylor 2013-yilning fevral oyida “TED- 2013” konferensiyasida yerosti yadro reaktorlarining parchalanishi haqidagi g‘oyalari haqida so‘zlab, barchani hayratga soldi. U ma’ruzasida o‘zi ishlab chiqqan ixcham yadro reaktori 50 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lib, uni 30 yilda bir marta to‘ldirish yetarli ekanini aytadi.
Bolakay 10 yoshida yadro bombasi loyihasini, 14 yoshida fuzor qurilmasini yaratdi.