“Nol – eng kichik son” degan gapga e’tiroz bildirgan bolakay
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
22 / 04 / 2019
1997-yili Buyuk Britaniyaning Shimoliy Uels hududida Kameron ismli bola dunyoga keldi.
4 yoshida manfiy sonlarni unutib qoldirgani uchun o‘qituvchisiga tanbeh berib, uning “Nol – eng kichik son” degan gapiga e’tiroz bildirgan bolakay bugun zamonamizning matematika bilimdonlaridan biri hisoblanadi.
Kameron 11 yoshida Buyuk Britaniyadagi universitetda matematika bo‘yicha ilmiy daraja olib, matematika maktabida bir yo‘la ikkita bitiruv imtihonini topshirishga ulgurgan.
Undagi tug‘ma Asperger (ruhiy rivojlanish bilan bog‘liq buzilishlar) kasalligi to‘liq bilim olishiga biroz xalal bersa-da, Kameron noyob matematik qobiliyati bilan jahonni hayratga solishdan charchamayapti