Farg‘onada 2 ta bibliobus ish boshladi
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri – aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida Farg‘ona viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona v iloyati hokimligi tomonidan ushbu tashabbus ijrosi doirasida ikkita zamonaviy bibliobus farg‘onalik yoshlarga topshirildi. Bu haqda uza.uz sayti xabar berdi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko‘chma kutubxonalar tog‘li va uzoq hududlarda yashovchi aholi, ayniqsa, yoshlarning mutolaaga ehtiyojini ta’minlash maqsadida xizmat ko‘rsatadi.
Bibliobuslarning har birida 1500 donadan kitob joylashtirilgan. Avtobusdagi ko‘chma kutubxona Wi-Fi internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, foydalanuvchilar elektron kitoblarni o‘z mobil qurilmalariga ham bemalol bepul yuklab olishlari mumkin. Shuningdek, viloyat axborot-kutubxona markazi “Ferghana bookland” turkum QR-kodli elektron kitoblar tablosi o‘rnatilgan.