O‘quvchilar tomonidan yaratilgan san’at asarlari
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
20 / 04 / 2019
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida Yakkasaroy tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi o‘quvchilarining “Kamalak jilosi” nomli ijodiy ko‘rgazmasi ochildi.
Markazning ijodkor o‘quvchilari tomonidan yaratilgan amaliy san’at namunalari, yosh dizaynerlarning ishlari va boshqa ijodiy ishlar namoyish etilmoqda. Markaz o‘quvchilari respublikamizda tashkil etiladigan ko‘rgazmalar bilan birga xalqaro darajadagi tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘quvchilar ishtirokida tayyorlangan konsert dasturi ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.