Maktabda “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” mavzusidagi rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
24 / 04 / 2019
Uchtepa tumanidagi 251-maktabda tashkil etilgan “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni?” mavzusidagi rasmlar tanlovida 6-7-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning tasviriy san’atga qiziqishini oshirish bilan birga, Vatanni sevish, ardoqlashga o‘rgatish, estetik tarbiyasini rivojlantirishdir. Bunday tanlovlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni o‘zlari qiziqqan sohaga yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tanlovda harakat qilib, katta qiziqish va intilish bilan rasm chizishdi. Faol qatnashchilar taqdirlandi.
Sarvinoz NAZAROVA, Uchtepa tumanidagi 251-maktab o‘qituvchisi