O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun diniy ta’lim muassasalari
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
29 / 04 / 2019
Savol: O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun ochilgan diniy ta’lim muassasalari va ulardagi imtihon tartibi haqida ma’lumot bersangiz.
Javob: Yurtimizda xotin-qizlarning diniy ta’lim olishi uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida Xadichayi Kubro (Toshkent shahri) va Jo‘ybori Kalon (Buxoro shahri) o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi. Mazkur ta’lim muassasalariga kirish uchun chet tili (test), tarix (test) hamda ma’naviyat va ma’rifat asoslari (ijodiy) fanlaridan imtihon topshirish kerak.
Savolga O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Mansur javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.