“Ma’rifat” kitobxoni”
Bilimga chanqoq kitobxon do‘stlar, “Ma’rifat” kitobxoni” tanlovining aprel oyida mutolaa qilgan asaringiz — “15 yoshli kapitan” bo‘yicha yo‘llagan maktublaringizni oldik. Kitob o‘qiganingiz sari fikrlaringiz sayqallanib borayotgani yozganlaringizda namoyon bo‘lmoqda. Ba’zi o‘quvchilarimiz asarni ikki kunda o‘qib chiqib, endi qaysi kitobni tavsiya qilasiz, deya murojaat qilishmoqda. Biz kitobxonlar ko‘payayotganidan juda xursandmiz.
Shahrisabz tumanidagi 49-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Nafisa XURRAMOVA, Asaka tumanidagi 6-maktabning 8-sinf o‘quvchilari Hikmatillo SATINOV, Zarnigor ISROILOVA, Hazorasp tumanidagi 32-maktabning 10-sinf o‘quvchisi A’loxon QALANDAROVA, Zomin tumanidagi 6-maktabning 10-sinf o‘quvchilari Sevara NORBOYEVA, Nasiba NORBO‘TAYEVA, Pitnak shahar 1-IDUM o‘quvchisi Rohatoy RO‘ZIBOYEVA, Jizzax shahridagi 23-maktab o‘quvchisi Muxlisa TOSHPO‘LATOVA, Xonqa tumanidagi 40-maktab o‘quvchisi To‘xtajon QURYAZOVA maktublarida asardan olingan taassurotlar yaxshi ifodalangan.
Ularning maktubi bilan kelgusi sonlarimizda tanishishingiz mumkin!
Siz bilan may oyida Tohir Malikning “Alvido, bolalik” asarini mutolaa qilamiz. Asarda hayot yo‘lini tanlash ostonasida turgan o‘spirinlarning o‘y-kechinmalari, xato va kamchiliklari ochib berilgan… Xullas, asarni o‘qiganingizdan so‘ng fikrlashamiz!
Taassurotlaringizni info@marifat.uz elektron pochta manziliga yoki @marifatmushtariylari “Telegram” manziliga yo‘llashingiz mumkin!