Navbahorda “Tashabbuslar xiyoboni” barpo etildi
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
26 / 08 / 2019
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida Navoiy viloyati Navbahor tumanida “Tashabbuslar xiyoboni” barpo etildi.
Xiyobon futbol, basketbol, varkaut (ko‘cha gimnastikasi) maydonchalari, kutubxona, kompyuter o‘yingohi, elektron kutubxona hamda madaniyat markazini o‘z ichiga olgan. Uni bunyod etish uchun qariyb 5 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.
Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida maskanda 100 ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan tikuv sexi qurilmoqda.
“Tashabbuslar xiyoboni”ning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Q.Tursunov ishtirok etdi.