“Ma’rifat” kitobxoni” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Bugun, 19-dekabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida “Ma’rifat” kitobxoni” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Ma’rifat" gazetasi tomonidan O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tanlovda respublikamiz bo‘yicha barcha maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Yil davomida gazetada e’lon qilingan jami 12 ta o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini o‘qib, fikr-mulohazalarini yozib jo‘natgan o‘quvchilarning ishlari chop etib kelindi. Ular ichida eng yaxshisi deb topilgan uch nafar ishtirokchi diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. O‘n nafar o‘quvchilar esa nominatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri Husan Nishonov yig‘ilganlarni tabriklash bilan birgalikda tanlovda faol ishtirok etgan viloyatlar nomlarini sanab o‘tdi. O‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishida o‘qituvchining o‘rni haqida alohida to‘xtaldi. Shundan so‘ng yil davomida o‘quvchilari bilan kitobxonlik bo‘yicha faol ishlagan o‘qituvchilar nomlari e’lon qilindi va ular tahririyatning faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘ngida o‘quvchilar kitobxonlikni targ‘ib etuvchi ushbu tanlovdan nimalar olgani haqida gapirib, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etishdi.
G‘oliblar bilan tanishing:
1-o‘rin — Gulinor Xolmurodova, Termiz tumanidagi 9-maktab o‘quvchisi;
2- o‘rin — Muxlisa Toshpo‘latova, Jizzax shahridagi 23-maktab o‘quvchisi;
3- o‘rin — Umida Sobirova, Romitan tumanidagi 23-IDUM o‘quvchisi.
Rag‘batlantiruvchi:
— Nuriya Yarasheva, Pitnak shahridagi 9-maktab o‘quvchisi
— Mohinabonu Rustamova, Shofirkon tumanidagi 40-maktab o‘quvchisi
— Feruza G‘aniyeva, Romitan tumanidagi 23-IDUM o‘quvchisi
— Sevara Norboyeva, Zomin tumanidagi 6-maktab o‘quvchisi
— Xolida Musurmonova, G‘allaorol tumanidagi 87-IDUM o‘quvchisi
— Muzaffar Xayitov, Termiz shahar 13-maktab o‘quvchisi
— Sultonali Rustamov, Shofirkon tumanidagi 40-maktab o‘quvchisi
— Samandar Omonov, Termiz tumanidagi 40-maktab o‘quvchisi
— Ozodbek Olimov, Romitan tumani 13-maktab o‘quvchisi
— To‘xtajon Quryazova, Xonqa tumani 40-maktab o‘quvchisi
— Eng faol kitobxon maktab — Romitan tumanidagi 23-IDUM.
Kitobxonlikni targ‘ib qilgan eng faol o‘qituvchilar:
— Gulchehra Ashurova, Termiz shahridagi 13-maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
— Dildor Nurmuhammedova, Termiz tumanidagi 9-maktan ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi;
— Lobar Yoqubova, Romitan tumanidagi 13-maktabning ona tili va adabiot o‘qituvchisi;
— Madina Baxshillayeva, Romitan tumani 23 IDUM ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi;
— Akbar Soipov, Zomin tumanidagi 6-maktab o‘qituvchisi;
— Mohidil Po‘latova, Shofirkon tumanidagi 40-maktab o‘qituvchisi.