“Sovg‘alar karvoni” bolalar huzurida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining “Qalb ko‘zi” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Sovg‘alar karvoni” Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 45-ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab internatiga ham yetib keldi.
Brayl alifbosidagi kitoblar jamlanmasi, orgtexnika jihozlari, zamonaviy musiqa va sport anjomlari, shirinliklardan iborat sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi. Yangi yil bayrami arafasidagi bu tuhfa bolajonlarga olam-olam quvonch baxsh etdi.
Ilm maskani yoshlariga “Sovg‘alar karvoni” tuhfalarini taqdim etish tadbirida viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar, xalq ta’limi boshqarmalari, turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ustoz-muallimlar, ota-onalar jam bo‘ldi.
H.MAMADALIYEV