O‘quvchilar muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi
Mehr-muruvvat hamma zamonlarda ulug‘langan. Bu tuyg‘ular abadiy. O‘sha mashhur she’rda aytilganidek “Mehr qolur, muhabbat qolur”. Mehr ulashish esa savobli amallardan. Dunyoda shu ikki egiz hisni tuyishga mushtoqlar kam deysizmi?!
Farg‘ona shahridagi 16-maktab o‘qituvchisi Muhabbat Jumanova va maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilari mehr-muruvvatga mushtoq qalblar holidan xabar olish maqsadida shahardagi Bolalar muruvvat uyiga borishdi.
O‘quvchilar tayyorlab kelgan bayram dasturini namoyish etdi va muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashdi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirda muruvvat uyi tarbiyachilari yig‘ilganlarga hayotiy misollar yordamida yuksak insoniy fazilatlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Yakunda shunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish borasida kelishib olindi.