Maktabda "Yosh posbon" guruhi tashkil etildi
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
10 / 01 / 2020
Sergeli tumanidagi 300-IDUMda "Yosh posbon" guruhi tashkil qilingan. Guruh a'zolari - 4-"A" sinf o‘quvchilari. San'atsevar bolalar sinf rahbari Sayyora Sobirova rahbarligida vatanni madh etuvchi, vatan posbonlarini ulug‘lovchi kuy-qo‘shiq va raqslari bilan nafaqat Sergeli tumani, balki butun poytaxt miqyosidagi tadbirlarda chiqishlari bilan ishtirok etib kelishmoqda. Shunday tadbirlardan biri bugun Sergeli tumanidagi 599-MTTda bo‘lib o‘tdi.