O‘quvchilar bojxona instituti kursantlari bilan uchrashdi
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
14 / 01 / 2020
Shayxontohur tumanidagi 136-maktabning “Shijoatli yoshlar” harbiy to‘garagi a’zolari Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona instituti kursantlari bilan uchrashdi. Kursantlarning namunaviy chiqishlari o‘quvchilarda harbiy sohaga qiziqishni yanada oshirdi.
Bunday tadbirlar Vatan kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan, davlat mustaqilligini himoya qilishga tayyor, mustahkam qarashlar va qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega o‘quvchi-yoshlarning safi yanada kengayishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Shohista TOJIYEVA, shu maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari