O‘quvchilarimiz bo‘sh vaqtlarida sportni tanlashyapti
Sergeli tumanidagi 285-maktabda 5 ta tashabbusni amalga oshirish orqali ijobiy natijalarga erishilyapti. Xususan, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatlarini nomoyon qilish maqsadida muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan “Sport — sog‘lik garovi” musobaqasida o‘quvchilar bo‘sh vartlarini unumli o‘tkazyaptilar.
Maktabda sportning “Gandbol”, “Voleybol”, ”Basketbol”, “Futbol”, “Badminton”, “Shaxmat”, “Shashka”, “Stol tennisi” to‘garaklari doimo faoliyat yuritib keladi. Tumanimizda o‘tkaziladigan ommoviy sport tadbirlarida o‘quvchilarimiz faol qatnashib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
2019-yilda Xalq ta’limi tizimida o‘tkazilgan sport musobaqalarida Gandbol, Basketbol, Badmintondan faxrli 1- o‘rinni egalladi.
B.SHERDONAQULOVA,
Sergeli tumanidagi 285-maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi