DXX respublika bo‘ylab “Rahmat senga qadrdon maktabim!” shiori ostida kitob aksiyasi o‘tkazdi
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligi arafasida Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari tomonidan “Rahmat senga qadrdon maktabim!” shiori ostida kitob aksiyasi o‘tkazildi.
DXX harbiy xizmatchilari o‘zlari yoqtirgan, sevimli asarlari sirasiga kiruvchi 25 mingdan ortiq adabiyotlarni xarid qilib, joriy yilning 5-8-fevral kunlari respublikamizning 200 ga yaqin umumta’lim maktablariga topshirishdi.
Endilikda ushbu maktablar kutubxonasidan joy olgan 100dan ortiq nomdagi jahon adabiyotiga taalluqli bo‘lgan asarlar va 135 nomdan iborat mumtoz adabiyotimiz namunalari, jumladan, Alisher Navoiyning “Hamsa”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Yulian Semyonovning “Bahorning o‘n yetti lahzasi” nomli kitoblari o‘quvchilarning o‘z bilimlari va dunyoqarashlarini oshirishlari uchun xizmat qiladi.
Zero, dunyodagi eng yaxshi sovg‘a hisoblangan kitob yoshlarimizning kelajakda buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim o‘rin tutishi shubhasiz.