Ma’naviy merosning munosib vorislari
Yunusobod tumanidagi 274-maktabda buyuk shoir va mutafakkir bobokalonimz Alisher Navoiyning tavalludining 579-yilligiga bag’ishlab navoiyxonlik haftaligi o’tkazildi.
Haftalik davomida o’quvchilar shoir hayoti va ijodini o’rganib, turli kechalar va tadbirlar tashkil etdilar. Jumladan boshlang’ch sinf o’qituvchisi Iroda Mahkamova rahbarligida 2-“F” sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy tadbir o’quvchilarga Navoiy bobomiz hayoti va ijodi bilan yanada yaqinroq tanishish imkonini berdi.
Tadbirda ijro etilgan qo’shiq va raqslar, Saydolimxon Abdullaxo’jayev, Faxriddin Rustamov va Muhammadyor Yo’ldoshev ijrosidagi “Tanbeh”, “Farzand tarbiyasi” sahna ko’rinishlari barchaga manzur bo’ldi.
6-“B” sinf o’quvchilari Muhammadzafar Najmiddinov, Mubina Qo’chqorova va Shaxzoda Nishonova Navoiyning “Sensiz” g’azalini ingliz tilida ifodali aytdilar.
O’quvchilarimiz Navoiy asarlari buyuk ma’naviy meros ekanini anglagan holda, bu asarlarni mutolaa qilib, bobolarimizga munosib voris bo’lishga va’da berdilar.
Dildora YODGOROVA, Yunusobod tumanidagi 274-maktab o’qituvchisi