Navoiy vorislari
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Profilli mehnat ta’limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishab, “Navoiy vorislari” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar ishtirok etdi.
Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayorlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Unda Hazrat Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. Xorijiy tillarni puxta egallashga bel bog‘lagan o‘quvchilar shoir g‘azallarin ingliz, nems, fransuz, rus tillarida o‘qidi. Ayniqsa, 4-sinf o‘quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan “Husayn Boyqaro va Naviyning bolaligi” sahna ko‘rinishi va Navoiy g‘azali bilan kuylanadigan “Ey sabo” qo‘shig‘ining o‘quvchi-qizlar tomonidan ijro etilishi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishadi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilarga diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.
Nargiza Akromova, shu maktab o‘qituvchisi