Ikki buyuk siymo hamisha barhayot
Yurtimizda fevral — Navoiyxonlik va Boburxonlik oyligi tadbirlarga boy bo‘ladi. Shu munosabati Yashnobod tumanidagi 206-maktabda g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlangan “Ikki buyuk siymo hamisha barhayot” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda maktab pedagogik jamoasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Davron Rajab, “Milliy tiklanish”partiyasi a’zosi A.Ro‘zitoyev, “Turon” kutubxonasi xodimlari ,ota-onalar, o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbirda 5 — 9-sinf o‘quvchilari Navoiy va Boburning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berdi. Ularning ruboiy, g‘azal, tuyuqlaridan namunalar aytdi va asarlari asosida sahna ko‘rinishi namoyish etdi. Tadbir boshida shoir Davron Rajab o‘quvchilarga Navoiy ijodi haqida ma’lumotlar berdi. Ayniqsa, 3 yoshli Murtazoyev Azizbekning “Ona tilim” nomli she’rni yoddan aytib bergani barchani hayratga soldi.
Dilnavoz RAHMATOVA, Shu maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari