“Robocraft” to‘garagi o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otmoqda
Chilonzor tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Unda kitoblar hamda o‘quvchilarning qo‘l mehnati mahsuli bo‘lgan to‘quvchilik, yog‘och o‘ymakorligi, tasviriy san’at namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Aviamodel yo‘nalishi bo‘yicha taqdimotlar hamda yangi tashkil etilgan “Robocraft” to‘garagining ochilish marosimi ko‘plab o‘quvchilar va ularning ota-onalarida qiziqish uyg‘otdi.
San’atning turli yo‘nalishlarida mahoratinini oshirib kelayotgan o‘g‘il-qizlar kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etishdi. Sportchi o‘quvchilar esa rang-barang chiqishlar namoyish etishdi.
Hozirda tumandagi 513 nafar o‘g‘il-qizni qamrab olgan Chilonzor tuman "Barkamol avlod” bolalar markazida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha, ja’mi 32 ta to‘garak muntazam faoliyat olib bormoqda.
Bunda o‘quvchilar darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish barobarida “Eko dizayn“, “Tasviriy san’at”, “Yosh hamshira” kabi ekologiya yo‘nalishida, xorijiy tillarni o‘rgatish yo‘nalishida ingliz, rus tillari bo‘yicha to‘garaklar, sportning shaxmat, badiiy gimnastika turlari bilan shug‘ullanib, mahoratlarini oshirmoqdalar.
Shoira MIRHIDOYATOVA