O‘z yo‘lingni tanla
2020-yilning 1-fevraldan 1-martgacha yurtimizda “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi”, deb e’lon qilindi. Shu munosobat bilan Uchquduq tumanidagi 9- maktabda ham “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” bo‘lib o‘tdi. Oylik davomida o‘quvchilar o‘rtasida devori gazetalar tanlovi, 2–4 sinflarda diktant, 5–7sinflarda “Og‘usiz dunyo sari” mavzusida bayon, 8–11 sinf o‘quvchilaridan “Jinoyat uchun jazo muqarar” mavzusida insholar tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirildi. Ma’ruza, ko‘rgazmali vositalar yordamida “zahri qotil”ning qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi keng tushuntirib berildi. “Giyohvandlik — umr zavoli” videofilmi, “O‘z yo‘lingni tanla”, “Buyuk yurtning barkamol avlodlari”, “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” kabi sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks ettirilgan ko‘rgazmali vositalar namoyish etildi. Ayniqsa, 8-9-sinf o‘quvchilar tomonidan giyohvandlikning ayanchli oqibatlari yoritilgan sahna ko‘rinishlar barchaga manzur bo‘ldi. Oylikda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Gulzifa ABDIYEVA, shu maktab o‘qituvchi