Dars bilan hamohang 5 ta tashabbus
Matematika fani oyligi munosabati bilan Rishton tumanidagi 63-maktabda “Matematika fanlar ichida shoh” nomli seminar bo‘lib o‘tdi. U yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhim tashabbus bilan hamohang tarzda tashkil etildi. Ushbu tadbirda A. Xoliqov rahbarligida 6 nafar ustoz o‘zlarining mahorat darslarini va 1 nafari esa “7Ч7” intellektual o‘yin namoyish etdi. Taqdim etilgan ochiq darslar namunali deb topilib, 3 tasi ommalashtirishga tavsiya etildi. Darslar yakunlangach tadbirning badiiy qismida sahna ko‘rinishi, she’rlar va chiroyli raqslar taqdim etildi.
Men ham shu seminar ishtirokchisiman. Mahorat darslarimi sizlar bilan ham o‘rtoqlashgim keldi. Ma’qul kelsa, faoliyatingiz davomida qo‘llashingiz mumkin. Buning uchun darsning sxemasida nimalarni qo‘llashingizni qisqacha tushuntirib o‘taman. So‘ngra dars bosqichlarini 5 ta muhim tashabbus orqali integratsiya usulida bog‘lab tashkillshtirasiz. O‘quvchlar albatta beshta tashabbusga mos she’rlarni yodlashi kerak, bu darsga estetika bag‘ishlaydi. Demak, dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi 5 ta muhim tashabbus haqida o‘zining fikr mulohazalarini bildiradi. O‘quvchilarni psixologik tomondan rag‘batlantirib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib, darsga ham ruhan, ham ma’nan tayyorlaydi. Masalan: sinfimizning bilimdon sardori Erkinov Shukurulloh. Ular ta’rifingizdan g‘ururlanib bir turib-o‘tiradi. Bu kabi maqtovli ta’riflar o‘quvchilarga kuch bag‘ishlab, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Harakatli o’yinlar orqali savol-javob o‘tkaziladi. Masalan: ustoz savol berib koptokni o‘quvchiga otsa,o‘quvchi javob orqali ustozga qaytarib otadi shu tariqa barcha o‘quvchilar navbatma-navbat tartib bilan shu maromda davom etadilar. Bu barcha o‘quvchilar bilan ishlashga imkon beradi.
Yangi mavzu bayoni.
3-tashabbus haqida she’r aytiladi. Kompyuterdan multimediya ilovasi orqali yangi mavzu bayoni ko‘rsatilib, test yoki boshqotirmalar orqali o‘quvchilarning faolligini yanada oshiriladi. Topshiriqlar taqsimlanib yarmi bajariladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Bu bosqichda iqtidorli o‘quvchilaringizdan doska oldiga taklif qilasiz va o‘zbek, rus, ingliz tilidan fanga doir savollar berasiz. Bunda sizning chet tillardagi qirralaringiz ham nomoyon bo‘ladi. Topshiriqning qolgan qismi bajarilib tugatiladi, bilimlari baholanadi.
5-tashabbus talqini, yana she’r aytiladi. Bu jarayonda keyingi darsga qo‘lidan kelganicha tarqatma, savol, ko‘rgazmali qurol yoki rasm chizishga yo‘nalish beriladi. Bu bilan sizga uyda o‘quvchining bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish imkoniyati yaratadi.
Mahliyoxon MAHKAMOVA,
Rishton tumanidagi 63-maktab o‘qituvchisi