Maktab kasaba uyushmasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Shayxontohur tumanidagi 20-maktabda maktab ma’muriyati va kasaba uyushmalari qo‘mitasi o‘rtasidagi 2019-yilgi jamoa shartnomasining ijrosi yakunlari va 2015-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan maktab kasaba uyushmasining xisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Toshkent shahari bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Abduhalil Rahmonov xamda Shayxontohur tumani boshlang‘ich tashkiloti kasaba uyushma raislari tashrif buyurdi.
Yig‘ilishda maktab rahbari Shahnoza Qosimova va maktab kasaba uyushma raisi Dilnoza Maqsudovaning 2019-yil ijrosi yakunlari yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. Yig‘ilishni Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shayxontohur tuman kengash raisi Dilnora O‘lmasova olib bordi. So‘ng maktab boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti xisobot - saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Maktab xodimlaridan Xurshida Abdullayeva, Nigora Mannopovalar so‘zga chiqib kasaba uyushma faoliyati haqida ma’ruza qildi va kasaba uyushma ishini qoniqarli deb topdi. So‘ng yangi kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarini xisobot - saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hisobot-saylov yig‘ilishi boshlandi. Ishchi rayosat tarkibi saylab olindi. Maktab jamoasidan kotibiyat va sanoq kamissiyasi tarkibi aniqlandi.
Saylovlar ochiq ovoz yo‘li bilan aniqlandi. Maktab jamoasi kasaba uyushma qo‘mitasi 5 kishidan iborat bo‘lishini taklif qilindi.
Ingliz tili o‘qituvchisi Hulkar Qurbonova, geografiya fani o‘qituvchisi Hulkar Xidirova, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Malohat Zoirova, ingliz tili o‘qituvchisi Zarina Rahmonova boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilnoza Maqsudovalar maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibiga saylandi. So‘ng yuqorida nomlari ko‘rsatilgan kasaba uyushma tarkibi orasidan kasaba uyushma raisi saylandi. Bunda maktab xodimlari bir ovozdan maktab kasaba uyushma qo‘mita raisligiga boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilnoza Maqsudovani sayladi. Shu bilan yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar o‘z yechimini topdi.
Burhon RIZO