AndDU o‘qituvchilari maktab o‘quvchilariga tasviriy san’atni o‘rgatuvchi bepul to‘garak o‘tish tashabbusi bilan chiqishdi
Andijon davlat universiteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri Baxtiyor Haqberdiyev 5 ta muhim tashabbus doirasida kafedra a’zolari birgalikda barcha yosh toifasidagi san’atga qiziqqan yoshlariga tasviriy san’at sirlarini bepul o‘rgatishga tayyorligini ma’lum qilishdi.
Bu haqda universitet San’atshunoslik fakulteti talabalarining ijod namunalari ko‘rgazmasida ma’lum qilindi. Ko‘rgazmada Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Rangtasvir yo‘nalishi talabalari Muhammadjon Olimov va Jumaboy Po‘latovlarning rassomchilikni turli xil yo‘nalishlariga oid 200 dan ziyod ishlari taqdim etildi.
Universitetning Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari san’atga qiziqqan maktab o‘quvchilariga darsdan tashqari bo‘sh paytda ko‘ngilli ravishda rassomchilik va kulolchilikni o‘rgatishmoqchi.
Hozirda kafedra o‘qituvchilari tomonidan ushbu to‘garaklarga qiziqish bildirayotgan o‘quvchilar guruhi shakllantirmoqda. O‘quvchilar soniga qarab mashg‘ulotlar jadvali tuziladi. Ushbu bepul to‘garaklarga andijonlik o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin.
Manba: edu.uz