Akademik Oqiljon Salimov bilan uchrashuv
Farg‘ona shahridagi 10-o‘rta ta’lim maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Oqiljon Salimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zFA akademiklari, viloyat hokimiyati vakillari, maktab jamoasi hamda 10-, 11-sinf o‘quvchilar qatnashib olimdan hayot sabog‘ini olishdi. Akademik yoshlarga mustaqilligimizning ahamiyati, xalqimizning bosib o‘tgan yo‘llarini gapirar ekan, uni ko‘z qorachig‘iday himoya qilish muhim vazifamizligini uqtirdi. Maktab va maktab kutubxonasiga badiiy kitoblar va qimmatbaho sovg‘alar taqdim qildi. Bunday uchrashuvlar maktab jamoasi va o‘quvchilarga shijoat bilan ishlashga o‘quvchilar esa bilim va donoligi bilan vatanga sodiq inson bo‘lishlariga katta turtki beradi.
Jamila HOMIDOVA, Farg‘ona shahridagi 10-maktab o‘qituvchisi