Kasblar musobaqasi
Oqqo‘rg‘on tumani agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida boshlang‘ich kasblar birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada “Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik” yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchilar kasbiy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Shartlarni bajarish davomida ishlab chiqarish va muhandislik texnologiyalari va fuqarolik transport xizmati yo‘nalishi bo‘yicha topshiriqlarni amaliy bajardilar.
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyixalash, qurish va ekspulatatsiyasi insituti “avtomobil transporti ekspulatatsiyasi” kafedrasi dotsenti A.Ismatov, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Zakirov, tuman hokimi muovini J.Djaniqulov, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari L.Abduraimov ishtirokchilarning chiqishlarini kuzatib borishdi.
Musobaqa so‘ngida g‘olib o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
U.I.Xudoynazarova, kollej direktori