Maktabda hisobot-saylov konferensiyasi
Mirobod tumandagi 218-maktabda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi rayosatining 2019-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Hisobot-saylov yig‘ilishi va maktab ma’muriyati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021- yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2019-yilda bajarilishi hamda 2020 yil uchun belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan jamoa yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda maktab rahbari Mavjuda O‘rinboyeva, ta’lim muassasasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Gulmira Nasirdinova 2019-yil yakunlari yuzasidan ma’ruza qildi. Yig‘ilishda ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Mirobod tuman kengashi raisi Nazira Nasretdinova hisobot-saylovlar nizom talablari asosida o‘tkazilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan 5 yillik hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. So‘zga chiqqanlar olib borilgan ishlarni qoniqarli deb baholashdi. Maktab jamoasi qo‘mita tarkibiga 5 nafar a’zo hamda kasaba uyushma raisi etib Gulmira Nasirdinovani saylashdi.