Quyoshli qalam sohibasi
O‘lkamizga fasllar kelinchagi bahor kirib keldi. Bahor yangilanish, yasharish, bayramlarga boy fasl. Bahorning ilk kunida atoqli o‘zbek shoirasi, vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavallud topgan. Ushbu kun munosabati bilan maktabimizda shoira tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Zulfiya — quyoshli qalam sohibasi» deb nomlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada 9-sinf o‘quvchilari Zulfiyaxonim she’rlaridan, she’rlar asosidagi qo‘shiqlardan ijro etishdi. Shoiraning bolaligini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Hamid Olimjon va Zulfiya siymosi o‘quvchilar ko‘z oldida gavdalantirildi. Kecha barcha qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mavsumaxon AHMADJONOVA, Bag‘dod tumanidagi 19-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi