Ayol bilan munavvar olam
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
3 / 03 / 2020
Yunusobod tumanidagi 257-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nodira Hikmatova 3-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Ayol bilan munavvar olam” nomli ochiq tarbiyaviy soat o‘tkazdi. Boshlovchilar ayol siymosini ta’riflab, hozirgi kunda jamiyatimizda ayollarning o‘rni beqiyosligi, har bir kasbda, har bir sohada ayollar matonati, sabr-bardoshi, olimaligi, o‘qimishliligi, mehnatkashligini she’r va qo‘shiqlarda madh etishdi.
Ingliz tili, rus tili va o‘zbek tillarda ota-onani hurmat qilish, oila muqaddas ekanligi haqida maqollar aytib, fanlararo savodxonliklarini namoyish etdi. “Besh tashabbus – besh imkoniyat” shiorini olg‘a surib bu tadbirda 5 tashabbusni hamma bosqichlarini yaqqol ko‘rsatib berdilar.