Bolalarda nutq o‘stirishning qiziqarli usuli
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
3 / 03 / 2020
Mirobod tumanidagi 195-maktabgacha ta’lim tashkiloti ning tayyorlov guruhida “Rasmlar asosida nutq o‘stirish” mavzusida ko‘chma seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
“Zamonaviy maktab” dasturi asosida o‘tkazilgan mazkur mashg‘ulotda 294-maktab ma’muriyati, MTM ning psixologi, o‘qituvchi, tarbiyachilar va albatta tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Maxsumaxon Mamasiddiqova seminar mashg‘ulotlarini qiziqarli o‘yinlar tarzida olib bordi. Bu bolajonlarda mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishni yanada ko‘paytirib, har bir bolakay mashg‘ulotda faol ishtirok etdi.
Mashg‘ulot so‘ngida bolalarga kitoblar sovg‘a qilindi.