Jajji go‘zallarning ilk bahoriy bayrami
Bahorning ilk bayramini Qarshi tumanidagi 25-maktabning 1-“B” sinf o‘quvchilari o‘zgacha zavq bilan nishonladi. Sababi bu ularning maktab dargohidagi ilk bahori. Sinfning chaqqon qizaloqlari qatnashgan “Jajji go‘zallar” bellashuvi va “Onaga ta’zim” nomli badiiy tadbirga endigina xat-savodi chiqqan bolajonlar alohida tayyorgarlik ko‘rganlari sezilib turadi. Qizaloqlardan biri qo‘shiq biyron tilida qo‘shiq kuylab chiqadi, boshqasi onalarga bag‘ishlangan taronaga o‘xshatib raqs tushadi. Jajjilar turli shartlarda o‘zaro bellashdilar, avval o‘zlarini tanishtirdilar, keyin bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. So‘ngra tabriknoma yashab, unga dil so‘zlarini yozib o‘z mahoratlarini va iste’dodlarini namoyon qildilar, oxirgi shartda esa qizaloqlar tugma qadash bo‘yicha bahs boyladilar.
Tadbir yakunida qizlar “Jajji go‘zal”, “Eng chevar qiz”, “Eng mahoratli qiz”, “Eng oqila qiz”, “Eng malohatli qiz” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar.
Nargiza XOLYOROVA, Qarshi tumanidagi 25-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi