Olim bilan ilm haqida suhbat
Zangiota tumanidagi 15-maktabda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Bahodir Karimov bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda maktab direktori I.Bobojonov, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari faol ishtirok etdi.
Adabiy uchrashuvda aytilganidek, maktab direktori tashabbusi bilan har bir o‘quvchi bir kunda bir banddan she’r yod olishlari kerak. Yod olingan she’rlar ro‘yxati maktabimiz “She’riyat burchagi”da e’lon qilib boriladi, mazkur ijro esa ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, sinf rahbarlari tomonidan nazorat qilinadi va maktab direktoriga ma’lumot beriladi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan yod olingan she’rlar ifodali o‘qildi. Mumtoz adabiyotdan Alisher Navoiy hamda,Uvaysiylar ijodidan namunalar ijro etildi.
Maktabda bo‘lib o‘tgan adabiy uchrashuvda o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyotshunos Bahodir Karimovdan aniq va mazmunga boy javoblar olishdi. Tadbir so‘ngida olim o‘z qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” ibrati” nomli kitobini maktab kutubxonasi uchun sovg‘a qildi.
Dilnoza XAYITBOYEVA, Zangiota tumanidagi 15-maktab o‘qituvchisi