Tadbir o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi qizg‘in bellashuvga aylanib ketdi
G‘ijduvon tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”, “Onalar bolalarga, bolalar onalarga” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda mahalla faollari, ota onalar o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Tadbir prezidentimizning besh muhim tashabbusiga hamohang o‘quvchilarning chiqishlari bilan boshladi. Ayniqsa, kitobxonlikni targ‘ib qilish mavzusidagi sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi. So‘ng tadbir o‘quvchilar va ota onalar o‘rtasidagi qizg‘in bellashuvga aylanib ketdi. Unda ayniqsa, 1-B sinf o‘quvchilari va ularning ota onalari faol qatnashib barchaga olam-olam zavq ulashishdi. 5 tashabbusning 4-yo‘nalishi ijrosi sifatida ota onalarning 2 jamoasi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari asosida tayyorlangan savollarga javob berishdi. Ota-onalar o‘rtasida qizg‘in o‘tgan bellashuv farzandlar qalbidagi kitobga bo‘lgan muhabbat uchqunlarini alangalatdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadbir yakunida ota-onalar o‘quvchilarga kitob ulashishdi. Faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tursunoy HASANOVA