Orasta qizlar bellashuvi
Toshkent tumanidagi 9-umumta’lim maktabida 4-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o’tkazilgan tadbirda mahalla faollari, ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi. Ushbu ko’rik-tanlov o‘quvchi qizlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularda shaxsiy gigiyena qoidalarini to‘g‘ri shakllantirish, jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo’naltirish va oilaga tayyorlash, qolaversa, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o’tkazildi.
Ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan “Orasta qizlar” to‘garagi a’zolari tadbir davomida o’zlarining adabiy-badiiy chiqishlari bilan yig’ilganlarga xush kayfiyat ulashgan bo’lsa, pazanda va chevar qizlar tanishtiruv, pazandalik, kitobxonlik, sahna ko‘rinishi va erkin mavzu bo‘yicha o’z mahoratlarini namoyish etishdi.
Ko’rik-tanlov g‘olib va sovrindorlari hamda faol qatnashgan qizlar maktab ma’muriyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Naima USMONOVA, Toshkent tumanidagi 9-umumta’lim maktabining texnologiya fani o‘qitivchisi