Kitobga mehrni oshiradi
Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-IDUMda o‘quvchi yoshlar va o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida har hafta turli xil kitobxonlik musobaqalari, turli xil kitob haftaliklari, “Kitob taqdimot”lari bo‘lib o‘tmoqda.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Kitobim-oftobim” tanlovi ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi. Tanlovda o‘quvchilar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sevimli kitobi bo‘lmish “Kitobim-oftobim”da berilgan ertak va hikoyalarni sahnalashtirdilar. Kitobni ulug‘lovchi she’r, qo‘shiq va hikmatlar aytdilar. G‘olib bo‘lgan sinf o‘quvchilariga maktab ma’muriyati tomonidan “Faxriy yorliq” va kitoblar jamlanmasi sovg‘a sifatida berildi.
Bunday kitob musobaqalari o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini o‘stiradi, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantiradi, o‘quvchilarning nutqini ravon, aqlini teran qilishga yordam beradi.