Maktabda uch avlod uchrashuvi
Quyi Chirchiq tumanidagi 4-maktabda «Uch avlod uchrashuvi» ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimligi, xalq ta’limi boshqarmasi, Quyi Chirchiq tumani xalq ta’lim bo‘limi rahbarlari, mehnat fahriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, Gul va O‘jakent mahalla fuqarolari yig‘ini raislari, 45 yil oldin shu maktabni bitirgan ahil sinfdoshlar, maktab o‘qituvchilari va iqtidorli o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda ahil sinfdoshlar ularga ta’lim-tarbiya bergan ustozlariga sovg‘alar tuhfa etdilar. Shuningdek, o‘zlarining qadrdon maktab kutubxona-siga badiiy kitoblar to‘plamlarini in’om etdilar.
Tadbir tashkilotchisi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Monitoring va ichki nazorat bo‘limining boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent – Abdusattor Abdug‘affarov muallifligida yaratilgan “Gullik ahil sinfdoshlar” nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi va tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi. Kitobda Gul qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan va voyaga yetgan, 1965-1975 yillarda o‘qib, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanining Gul qishlog‘idagi Abu Ali ibn Sino nomli 4-son umumta’lim o‘rta maktabda o‘qib, uni bitirganliklariga 45 yil to‘lishi munosabati bilan ahil sinfdoshlarning hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari, muvaf-faqiyatlari, oila a’zolari hamda ularga ta’lim-tarbiya bergan ustozlari haqida qisqacha ma’lumotlar bayon etilgan. Shu bilan birga Quyi Chirchiq tumani, Gul qishlog‘i, 4-maktabning rivojlanish tarixi bayon etilgan.
Eng e’tiborlisi, 4-maktabning “Ahil sinfdoshlar” ko‘p nusxali gazetasi ham ahil sinfdoshlar tomonidan tayyorlanganligidir. Bu gazetaning nishona soni ham “UCh AVLOD UChRAShUVI” ma’naviy ma’rifiy tadbirining ishtirokchilariga taqdim etildi.
Tadbir ishtirokchilariga ahil sinfdoshlarning faoliyatlariga bag‘ishlangan ayrim fotolavhalar ham namoiy etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan ustozlar, mehnat fahriylari, ahil sinf-doshlar va iqtidorli o‘quvchi yoshlar tashkil etilgan tadbirdan juda katta taasurotlar olganliklarini izhor etdilar. Ahil sinfdoshlarning mohirona tashabbuskorligiga, ajoyib tashkilotchiligiga va tinimsiz g‘ayrat-shijoatlariga qayta-qayta tasannolar aytishdi.
Ahil sinfdoshlar qadrdon ustozlari bilan hamkorlikda sinf xonalariga kirishib, taassurotli voqealarni uzoq esladilar, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir she’rxonlikka ulanib ketdi.