Maktabida O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Bektemir tumanidagi 289-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda taniqli sharxlovchi siyosiy sharxlovchisi, O ‘ zbekistonda xizmat ko ‘ rsatgan jurnalist, Qobilbek Karimbekov, Bektemir tuman hokimining maslahatchisi Oybek Sapayev, tuman mahalla va oilani qo ‘ llab-quvatlash bo ‘ lim o ‘ rinbosari Ma’rufjon Yunusov, tuman voyaga yetmaganlar komissiyasi kotibi Shuxrat Saidmurodov, xalq ta ‘ limi bo ‘ limi ona tili adabiyot metodisti Shodiyor Normurodovlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ona tiliga mehr-muhabbat, Vatanga sadoqat, millatlararo bag‘rikenglik kabi yuksak tuyg‘ularni singdirishga alohida e’tibor qaratilibgina qolmasdan, o‘quvchilarga o‘zbek tilining tarixi va buguni haqida ko‘plab qiziqarli hamda qimmatli ma’lumotlar berib borildi.
Tadbir so ‘ ngida maktabning ona tili adabiyot fani o ‘ qituvchilari faxriy yorliq va estalik sovg ‘ alar bilan taqdirlandi.
Guldona USMONOVA