Bag‘rikeng yurtda hilpirar bayrog‘im!
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan sanaga bag‘ishlab yurtimiz ta’lim va madaniyat muassasalari, ziyo maskanlarida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar o‘tkazilmoqda.
Zangiota tumani Xalq ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmasi hamkorligida tumandagi 35-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Bag‘rikeng yurtda hilpirar bayroq” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘rtaovul” MFY hududida joylashgan umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari faol qatnashdi.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.
Tadbirda faol ishtirok etgan umumta’lim maktabi o‘quvchilariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Go‘zal ALIMETOVA,
ona tili va adabiyot o‘qituvchisi