“Hilpira bayrog‘im, hilpira mag‘rur!”
O‘qituvchi deganda tog‘day yukni yelkaga olib, quyoshga karab borayotgan o‘ktam bir pahlavon ko‘z oldimda gavdalanaveradi. Haqiqatan ham millatning ertasini o‘z zimmasiga olganlar zahmatkash ustozlar emasmi?
Ana shunday fidoiy muallimlardan biri Yunusobod tumanidagi 272-maktabining tarix fani o‘qituvchisi Dilnoza Saidovadir. Garchi bu maktabga kelganiga hali ko‘p o‘tmagan bo‘lsa-d,a qisqa vaqt ichida sezilarli natijalarga erishdi, shogirdlarining muhabbatini qozondi.
Chuqur bilim egasi, malakali pedagok o‘z ustida izlanishdan tolmaydigan, darslarga ijodiy yondoshuvchi Dilnoza opa har bir darsiga yangicha pedagogik texnalogiyalarni tadbiq etadi. O‘quvchilarini zeriktirmaydi. Yaqinda o‘zi rahbarlik qilayotgan 6 -B sinf o‘quvchilari bilan Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlab “Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan” shiori ostida “Hilpira bayrog‘im, hilpira mag‘rur!” tadbirini tashkil etdi. Unda o‘quvchilari bor iste’dodlarini, darslarda o‘zlashtirgan bilim-ko‘nikmalarini namoyish etishdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.