Nurota tumani XTBda kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyi qarorlarini tushuntirish va targ‘ibot etish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 19-noyabr kuni Nurota tumanidagi Xalq ta’limi bo‘limida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyi qarorlarini tushuntirish va targ‘ibot etish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda maktab boshlang‘ich kasaba uyushma raislari 29 nafar, Xalq ta’limi bo‘limi mudiri B.Bobonazarov, Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirasi S.Rajabovalar, 5 nafar xodimlari, 6 nafar maktab direktorlari va KUK aparat xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda Qurultoyning o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil axborot berildi,Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi VIII Qurultoyi ishtirokchilariga tabrigi O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nurota tuman bo‘linmasi kengashi raisi Qaxor Raxmonov o‘qib eshittirdi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida Davlat rahbari tomonidan kasaba uyushmalari Qurultoyi qatnashchilariga ilk marotaba yo‘llangan mazkur tabrikda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi ulkan o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib Respublikamizda 11-noyabr sanasining kasaba uyushmalari kuni deb belgilangani, shuningdek, soha uchun zamonaviy bilim va malakaga ega bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlar nazariyasi va amaliyotini, bu boradagi xalqaro tajribani puxta biladigan yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida kasaba uyushmalari Akademiyasini tashkil etish haqidagi taklifiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining hisobotida keltirilgan ma’lumotlarga to‘xtab o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilariga Qurultoyda tasdiqlangan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi tahrirdagi Ustavi haqida ma’lumot berildi.
18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini qabul qilingan kuni munosabati bilan ta’lim muassasalarida tadbirlar tashkil qilinishi qayd etildi.
Quriltoy natijalari bo‘yicha so‘zga chiqqan XTB mudiri Bayramali Bobonazarov, MTB mudirasi Saodat Rajabova, 1-maktab kasaba uyushma raisi Ro‘ziboy Sharipov va 2-DMTT kasaba uyushma raisi Gulbahor Murodovalar o‘z fikr muloxazalarini bildirdilar.
Yig‘ilish so‘ngida barcha kasaba uyushma raislariga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi VIII Qurultoyi delegatlarining mamlakatimiz xalqi, ishchi-mehnatkashlar, kasaba uyushmalari tashkilotlari va ijtimoiy sheriklarga Murojaati” bilan tanishtirildi va tuzilgan reja asosida xar bir muassasada o‘tkazilgan quriltoy mazmun mohiyati tushuntirilishi kerakligshi xamda o‘tkazigan tadbirlarni OAVlarga yoritilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Q.RAXMONOV, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nurota tuman bo‘linmasi kengashi raisi