Zahmatkash o‘qituvchi
Shunday insonlar borki, hayotini ilm-fan, millat taraqqiyoti rivojiga bag‘ishlaydi. Yurt taqdirini o‘ziniki deb biladi. Ana shunday insonlardan biri zahmatkash o‘qituvchi Yunusobod tumanidagi 272-maktabining tarix fani o‘qituvchisi Shahnoza Saidovadir.
Shahnoza opa ishga kelganining ilk kunlaridan o‘quvchilar mehrini qozona oldi. Hozir muallima nomini butun maktab hurmat bilan tilga oladi. U darslarini turli metodlar, ko‘rgazmali qurollar orqali qiziqarli va jonli o‘tkazadi. Tarixiy voqealarni o‘quvchilar ko‘z o‘ngida jonlantira oladi.
Shahnoza Saidova maktabda ta’lim tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, o‘ziga topshirilgan har qanday vazifaga mas’uliyat bilan yondashadi. Yaqqol misol yaqinda davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlab 9-10-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Bayrog‘imiz –faxrimiz” nomli tadbir o‘tkazdi. Tadbir o‘quvchilarda davlatimiz ramzlari naqadar azizligi, mo‘tabarligi haqida bir olam taassurotlar uyg‘otdi.
Zikrilla MAMATOV,O‘zJOKU talabasi