Buxoroda “Eng kitobxon maktab” loyihasi g‘oliblariga avtomashinalar topshirildi
Buxoroda “Kitob markazi – Kitob dunyosi” tarmoq savdo markazlari tomonidan ishlab chiqilgan “Eng kitobxon maktab” loyihasining viloyat bosqichi yakunlandi.
Joriy yilning 7-oktabridan loyihaga start berilgan edi. Buxoro viloyati hokimligi, Yozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Kitob markazi – Kitob dunyosi” tarmoq savdo markazi tomonidan vohaning 533 ta umumta’lim maktablarida o‘tkazildi.
Tanlovda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 323 ming 800 nafardan ziyod o‘quvchi, ularning ota-onalari va o‘qituvchilar ishtirok etdi. Kitob savdo yarmarkalari doirasida 3 ming turdagi 200 mingdan ortiq kitoblar – bolalar, badiiy va fanlarga oid kitoblar, o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari taqdim etildi.
Loyiha yakunlariga ko‘ra, “Eng kitobxon maktab” deya topilgan Vobkent tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga “Spark” avtomashinasi taqdim etildi.
“Eng kitobxon tuman” deya e’tirof etilgan Buxoro hamda Vobkent tumani xalq ta’limi bo‘limlariga “Neksiya” avtomashinalari kaliti topshirildi.
“Eng kitobxon tuman” loyihasida 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Ғijduvon hamda Qorovulbozor tumani xalq ta’limi bo‘limlari esa konditsioner bilan taqdirlandi.
Tadbirda “Iqtidorli o‘quvchi”, “Eng faol kutubxonachi”, “Faol maktab direktori”, “Eng faol OAV xodimlari” nominatsiyalari g‘oliblariga ham qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov qatnashdi.