Chortoqlik o‘quvchilar xalqaro tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
28 / 12 / 2020
Xalq ta’limi vazirligi hamda tashqi ishlar vazirligining hamkorlikdagi qo‘shma xatlariga asosan Minsk shahrida “Sayyoradagi bolalar do‘stligi” bolalarning tasviriy san’at bo‘yicha xalqaro onlayn ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Chortoq tumanidagi 53-DIUMning 9-sinf o‘quvchisi Ahmadjon Dadamirzayev va 8-sinf o‘quvchisi Boburjon Madaminov Belarus Respublikasi ta’lim vazirligi tasarrufidagi “Bolalar va yoshlarning badiiy ijodiyoti milliy markazi”ning maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.