Navoiy ash’ori bolajonlar tilida
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
2 / 02 / 2021
Yunusobod tumanidagi 154-maktabgacha ta’lim tashkilotida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda katta va maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari qatnashdilar. Kechada bobomiz Alisher Navoiyning ruboiy va g‘azallari bolojonlarimiz tomonidan ifodali yodlab berildi. Jajji bolajonlar ishtirokida “Non isi” rivoyati asosida sahnalashtirilgan badiiy chiqish ham barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, qizaloqlarning sho‘x raqslari, jo‘r bo‘lib kuylangan qo‘shiqlar tomoshabinlar dilini xushnud etdi. Albatta, bunday mazmunli kechani o‘tkazishda maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglari, musiqa rahbarlarining mehnatlari katta.
M.SALIYEVA, 154-MTT mudirasi vazifasini bajaruvchi