Kelajak uchun zamin
Shayxontohur tumanidagi 262-maktabda “Farzandlar — bizning kelajagimiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yig‘ilganlar bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ta’limning keyingi boskichiga jalb etilishi hamda “Besh tashabbus” doirasidagi to‘garaklar faoliyati haqida gap ketdi. Yig‘ilishda Innnovatsion rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Olimjon Tuychiyev, Toshkent davlat texnika universiteti professori D.Toshmuhamedovalar qatnashib, o‘quvchilarning kelgusidagi o‘qishi uchun zarur bo‘lgan maslahatlarini berishdi.
— Har bir o‘quvchining kasb-korli bo‘lishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi muhim, — deydi maktab direktori Gulnoza Zoyiroqva. — Ular ta’limning keyingi bosqichini qaysi oliy o‘quv yuritida davom ettirishi yoki hunar egallashi mumkinligini qobiliyatiga qarab ota-onalar to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishlari lozim. Bunda maktabdagi psixologlar maslahati hamda qo‘shimcha mashg‘ulotlar faoliyati ahamiyat kasb etadi.