Buyuk shoir bobolarimiz
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
15 / 02 / 2021
Bo‘stonliq tumanidagi 20-maktabida o‘zbek mumtoz adabiyotimizning yirik vakillari, davlat va jamoat arbobi buyuk shoir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 580 yilligi va buyuk shoh va shoir, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligi munosabati bilan “Buyuk shoir bobolarimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktabning 4-“V” sinf o‘quvchilari Alisher Navoiy va Bobur ijodidan g‘azallar, ruboiylar yod olishdi. Bobolarimizning hayot va ijod yo‘llari haqida ustozi Shohsanam Norovadan batafsil ma’lumot oldi.
Ota-onalar, maktab pedagogik jamoasi to‘plangan tadbirda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan “Bog‘i Boburiy” sahna ko‘rinishi namoyish etildi.