Kasblar musobaqasi
Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2-son kasb hunar maktabida "Payvandlash ustasi" to‘garagidagi o‘quvchisi yoshlar o‘rtasida WORLD SKILLS musobaqasiga tayyorgarlik yuzasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining "Texnologik mashinalar va jixozlar" kafedrasi bilan xamkorlikda musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilar "Deraza romlariga panjara yasash" topshirig‘ini olib belgilangan vaqt oralig‘ida a'lo darajada bajardilar. Jamoalar topshiriqni qay darajada bajarganligini Hakamlar hay'ati - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti "Texnologik mashinalar va jihozlar " kafedrasi mudiri professor, texnika fanlari doktori N.S.Dunyashin; kafedra dotsenti texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Z.D.Ermatov hamda Olmaliq kasb hunar maktabi ishlab chiqarish ta'limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari O‘.Imomberdiyevlar baxolab bordilar
Toshkent viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma boshlig‘i U.Q.To‘xtayev oliy ta'lim bilan xamkorlik ishlarini yanada rivojlantirilishini aytib o‘quvchilarni musobaqalarda g‘olib bo‘lishiga omad tiladilar.
Oqqo‘rg‘on tuman prokurori D.Fayziyev o‘quvchi yoshlarni qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida kerakli sharoitlarni yaratib kelajakda professional kasb egasi bo‘lib yetishishida omadlar tiladi.
Tadbir so‘ngida g‘olib va iqtidorli o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalk sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Universitet tomonidan kasb hunar maktab kutubxona fondiga "Payvandlash ishlari "bo‘yicha kitoblar sovg‘a qilishdi.