Xodimlar manfaatlari himoyada
“Ma’rifat” — “Учитель Узбекистана” gazetalari tahririyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan jamoat shartnomasining 2020-yilda bajarilishi hamda 2021-yilga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni qabul qilish to‘g‘risidagi mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishga Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirobod tumani bo‘linmasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Laziza Nazirxo‘jayeva taklif etildi.
Dastlab tahririyatda mehnat qilayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021-yillar uchun tuzilgan jamoat shartnomasini 2020-yilda bajarililganligi to‘g‘risida B.Rizoqulov hisobot berdi.
Shundan so‘ng tahririyat ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan jamoat shartnomasining bajaralishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi tasdiqlandi.
Tahririyat ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasiga 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar loyihasini muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida kengash ish rejalari belgilab olindi.