O‘quvchilarning bilim va dunyoqarashi ortishida badiiy kitobning o‘rni alohida
Namangan shahrida bugungi kunda 73 ta umumta’lim maktabi ish olib boradi. Shaharning “Dashtbog‘” mahallasida joylashgan 51-umumta’lim maktabi ta’lim reytingi bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birida turadi. Maktabda 1170 dan ortiq o‘quvchilar zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda. Ziyo maskani rahbari Rohila Mirzayevaning ta’kidlashicha, maktab mukammal ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar muhay etilgan. Bu yerda 70 ga yaqin pedagog xodimlar o‘quvchilarga bilim sirlarini qunt bilan o‘rgatishmoqda.
O‘quvchilarning ilmga bo‘lgan intilishi yuqori. Ayniqsa, dasrdan tashqari badiiy kitoblarni o‘qish orqali ularning dunyoqarashi ortmoqda. Darvoqe, shinamgina maktab kutubxonasida 2 yarim mingga yaqin badiiy kitoblar o‘rin olgan. Kutubxona mudiri Umida Abdullayevaning aytishicha, keyingi paytda Oybek, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov kabi atoqli ijodkorlarning qaytadan nashr qilingan bir nacha asarlari keltirildi. O‘quvchilarning adabiyotga, badiiy kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda kutubxona xodimi M.Zokirova, ma’naviyat fidoiysi Gulbahor G‘aniyeva, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Munavvara Hamdamovaning alohida o‘rni bor. Maktabda turli, adabiy badiiy kechalar, mushoirlar o‘tkazilib turiladi. Unda o‘quvchilardan M. Kamoliddinov, R.Mo‘minjonov, X. Sobirjonova, Sh. Majidxonovlar faol ishtirok etib boradi.
Umuman olganda o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashi ortishida maktab mo‘jaz kutubxonasining o‘rni bor.
D. Qo‘shoqova