Madaniy merosimiz yoshlar nigohida
Uchquduq tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida 2021-yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi asosida moddiy madaniy meros ob’yektlarini asrash, ulardan oqilona foydalanish maqsadida “Madaniy merosimiz yoshlar nigohida” va “Mening ona Vatanim” mavzularida rasmlar tanlovi tuman bosqichi 3-maktabda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 14-17 yosh toifalari bo‘yicha, 1-o‘rinni 20-maktabning 7-"F" sinf o‘quvchisi Islomova Aziza, 10-sinf o‘quvchisi Xolboyeva Shohsanam, 2-o‘rinni 7-IDUMning 9-"B" sinf o‘quvchisi Ravshanova Marjona, 3-maktabining 8-sinf o‘quvchisi Taurbekova Alfiya, 3-o‘rinni 18-maktabning 7-“B”sinf o‘quvchisi Norimov Jahongir, 3-maktabning 11-sinf o’quvchisi Grivitskaya Tatyana g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, “Mening ona Vatanim” mavzusida rasmlar ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida 8-12 yosh toifalar bo’yicha 1-o‘rinni 10-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Habibulloyeva Hidoyat, 2-o‘rinni 4-maktabning 4-sinf o‘quvchisi Hasanova Shabbona, 3-o’rinni 3-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Rashidova Dilnura, 13-16 yosh toifalar bo‘yicha, 1-o‘rinni 7-IDUMning 6-sinf o‘quvchisi Qulmurodova Mashhura, 2-o‘rinni 20-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Muhiddinova Nargiza, 3-o‘rinni 9-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Maxammedjanova Dariyalar faxrli o‘rinlarini egаllab viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Sharifjon XOLBUTAYEV, Uchquduq tumani xalq ta’limi bo‘limi metodisti